Markaziy bankning 2-aprel holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12645 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 27-mart kuni belgilangan 12590 so‘m qiymatga nisbatan 55 so‘mga qimmatladi.

2-aprel kuni “Orient Finans bank"da sotish kursi 12710 so‘mni, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Asia Alliance Bank” “Unibersalbank” va “Hamkorbank"da sotish kursi 12700 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12690 so‘mdan 12660 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12540 so‘mdan 12600 so‘mgacha yetdi.