“Apple” kelajakdagi iPhone modelini jismoniy tugmalardan sig‘imli tugmalarga o‘tkazishga umid qilmoqda. Bu haqda “9to5mac” nashri xabar berdi.

Yangi hisobotda aytilishicha, “Apple” iPhone 16agi jismoniy tugmalarni almashtiradigan yangi sig‘imli tugmalar tizimiga buyurtma bergan.

O‘tgan yili iPhone 15 yangi sig‘imli tugma dizayniga o‘tishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi

Biroq, bu rejalar iPhone 15 taqdimotidan bir necha oy oldin ishlab chiqarish muammolari tufayli bekor qilindi.

“Economic Daily News” hisobotida aytilishicha, “Apple” “Advanced Semiconductor Engineering” kompaniyasiga buyurtma bergan va bu yil iPhone 16-da sig‘imli tugmalar paydo bo‘lishini taxmin qilmoqda. Buyurtma iPhone 16 ning ikkala tomonidagi jismoniy tugmalarni sig‘imli tugmalar bilan almashtirish imkonini beruvchi tizimli paketli modulni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, u foydalanuvchilar sig‘imli tugmalarni bosganlarida tebranishlarni his qilishlariga imkon berish uchun iPhone 16 ning har ikki tomoniga ikkita qo‘shimcha “Taptic Engine” komponentini qo‘shishni o‘z ichiga oladi.


Avvalroq “Spot” iOS 18 internetsiz ishlaydigan bepul sun’iy intellektga ega bo‘lishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, sun’iy intellekt bilan ta’minlangan birinchi funksiyalar bulutli serverlarga ulanishni talab qilmaydi, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri iPhone qurilmasida ishlaydi.