O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12662 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 21 so‘m 80 tiyinga oshdi.

Dollar kursi 22-aprel kuni rekord darajaga yetib, 12700 so‘mdan oshdi. Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 21 so‘mga oshib, 12711 so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.