Markaziy bankning 6-may holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12675 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 2-may kuni belgilangan 12670 so‘m qiymatga nisbatan qariyb 5 so‘mga oshdi.

6-may kuni “O‘zsanoatqurilishbank”, “KDB Bank Uzbekistdan”, “Ipotekabank” va “Infinbank"da sotish kursi 12735 so‘mni tashkil qilmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12730 so‘mdan 12650 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12680 so‘mdan 12580 so‘mgacha yetdi.