Markaziy bankning 7-may holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12648,12 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 6-may kuni belgilangan 12675 so‘m qiymatga nisbatan 26 so‘m 88 tiyinga pasaydi.

7-may kuni “Davrbank"da sotish kursi 12730 so‘mni tashkil qilmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12720 so‘mdan 12670 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12640 so‘mdan 12585 so‘mgacha yetdi.