Markaziy bankning 15-may holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12710 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 13-may kuni belgilangan 12699 so‘m qiymatga nisbatan 11 so‘m 10 tiyinga oshdi.

15-may kuni “Infinbank”, “Ziraat Bank Uzbekistan”, “Xalq banki”, “Orient FInans bank”, “O'zsanoatqurilishbank”, “KDB Bank Uzbekistan” va “Davrbank"da sotish kursi 12770 so‘mni tashkil qilmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12765 so‘mdan 12720 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12700 so‘mdan 12650 so‘mgacha yetdi.