Yevropa Ittifoqi Kengashi sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha dunyodagi birinchi qoidalarni ma’qulladi. Bu haqda “Sostav” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu hujjat sun’iy intellektni tartibga solish bo‘yicha global standartlar uchun asos bo‘ladi.

“Bugun Kengash sun’iy intellekt qoidalarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan qonunni ma’qulladi. Qonun xavf-xatarga asoslangan yondashuvga asoslanadi, ya’ni jamiyatga zarar yetkazish xavfi qanchalik yuqori bo‘lsa, qoidalar shunchalik qattiqroq bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Mart oyida Yevropa parlamenti sun’iy intellektni tartibga solish bo‘yicha Yevropa Ittifoqining dunyodagi birinchi keng qamrovli qonunini ma’qulladi.

Hujjat mualliflari uning maqsadi ishlab chiquvchilar va mutaxassislar uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning aniq turlari bo‘yicha ularni amalga oshirishda aniq talab va majburiyatlarni shakllantirish ekanligini ta’kidladilar.

Yangi qonun, boshqa narsalar qatorida, sun’iy intellekt bilan bog‘liq risklarni boshqarish, nazorat mezonlarini joriy etish va ularning talablarga muvofiqligini baholash uchun Yevropa tizimini yaratishni o‘z ichiga oladi.

Yevropa Ittifoqi, shuningdek, sun’iy intellekt tizimlari inson nazorati ostida, ishonchli va shaffof bo‘lishini ta’minlashni xohlaydi.

Endi hujjat Yevropa parlamentiga imzolash uchun yuboriladi. Shundan so‘ng YI mamlakatlari uni amalga oshirishga ikki yil tayyorgarlik ko‘rishadi.


Avvalroq “Spot” “Telegram"ning Yevropa Ittifoqidagi faoliyatini Belgiya regulyatori nazorat qilishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, messenjerning ittifoq hududida Raqamli Xizmatlar to‘g‘risidagi qonunga muvofiqligi nazorat qilinadi.