Markaziy bankning 23-may holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12724 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 21-may kuni belgilangan 12708 so‘m qiymatga nisbatan 15 so‘m 86 tiyinga oshdi.

23-may kuni “O‘zsanoatqurilishbank"da sotish kursi 12785 so‘mni tashkil qilmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12780 so‘mdan 12740 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12710 so‘mdan 12650 so‘mgacha yetdi.