Polsha universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Unda o‘zbekistonliklar ham bakalavr va magistratura darajalari uchun ishtirok etishlari mumkin.

hafta yakuni, yangiliklar


“Davlat monopoliyasini xususiy monopoliyaga aylantirish katta xatar bor” — Farrux Qoraboyev xususiylashtirish to‘g‘risida

Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari ichki bozorlarni ochishga, yangi o‘yinchilarning kirib kelishidagi to‘siqlarni olib tashlashga chaqirdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Uzum Click bilan birlashmaslikka qaror qildi

Qayd etilishicha, kompaniya ekotizimga asoslangan o‘zining fintex-xizmatlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

hafta yakuni, yangiliklar


“Kiritiladigan QQS yo‘q” — Vyacheslav Pak qimor o‘yinlari bo‘yicha aylanma soliqni joriy etish to‘g‘risida

NAPP birinchi o‘rinbosari qo‘shni davlatlar tajribasi o‘rganilgani, u yerda QQSdan foydalanish “kulrang” iqtisodiyotga o‘tishga olib kelganini qayd etdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Pavel Durov yozda Markaziy Osiyoga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
    Telegram asoschisi Markaziy Osiyoga messenjer foydalanuvchilari va ularning raqamli ehtiyojlarini o‘rganish uchun kelishini ma’lum qilgan.
  2. May oyida Toshkentda uy-joy narxlari qanday bo‘ldi?.
    Poytaxtda ijara narxlari 1,2%ga o‘sdi. Shuningdek, ikkilamchi uy-joy narxlarida ham o‘sish qayd etildi.
  3. Samsung o‘zining aqlli krossovkalarini chiqardi.
    Qayd etilishicha, ular yordamida qo‘ng‘iroqqa javob berish yoki musiqa tinglash mumkin.
  4. Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.
    Parvozlar 15−18 iyun kunlari oralig‘ida Buxoro, Urganch, Farg‘ona, Termiz, Samarqand hamda Namangan shaharlariga amalga oshiriladi.
  5. Surxondaryolik talaba Notcoin sotgani uchun 10 sutkaga qamaldi.
    Qayd etilishicha, u Telegram orqali kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullangan va ularni 800 ming so‘mga sotgan.
  6. 1-iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi temir yo‘l chiptalari narxi yana oshiriladi.
    Xususan, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlarining chiptalar narxi 25%ga oshmoqda.
  7. May oyida avtomobil bozorida savdolar oshdi.
    O‘tgan oyda mahalliy va xorijiy yengil avtomobillar sotuvi sezilari oshib, elektromobillar savdosida ham yuqori o‘sish kuzatildi.
  8. Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
    Qo‘shimcha qatnovlar 14-iyundan 20-iyungacha Xiva, Shovot, Qo‘ng‘irot, Termiz va Samarqandga amalga oshiriladi.
  9. O‘zbekistondan Rossiyaga mehnat migrantlari oqimi kamayishi mumkin.
    Bu mamlakatda qurilish sohasi faol rivojlanayotgani, shuningdek, ishchi kuchining Yevropaga yuborilayotgani bilan izohlanmoqda.
  10. YouTube ham o‘tkazib bo‘lmaydigan reklamalarni sinovdan o‘tkazmoqda.
    Qayd etilishicha, reklama qo‘shimchalari videolar bilan birlashadi va hatto reklama blokerlaridan foydalangan holda ham ularni o‘tkazib yuborish mumkin emas.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

7TECH premium maishiy texnika brendi O‘zbekiston bozorida namoyish etildi

Toshkentda brendning keng ko‘lamli taqdimoti bo‘lib o‘tdi, unda maishiy texnikaning texnik imkoniyatlari, eksklyuziv dizayni va yangi mahsulotlarining funksionalligi namoyish etildi.

Click qarindoshlar o‘rtasida bepul o‘tkazmalarni yo‘lga qo‘ydi

Endilikda Click orqali oila a’zolariga komissiyasiz va cheklovlarsiz pul o‘tkazish mumkin. Mazkur funksiya Click Up ilovasidagi “Mening oilam” bo‘limida mavjud.

Paynet virtual-kartalari va Visa o‘rtasida o‘tkazmalar yo‘lga qo‘yildi

Elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchi operatorlardan biri Paynet yangi xizmat — Visa kartalaridan virtual Paynet kartalariga o‘tkazmalarni yo‘lga qo‘yganini eʼlon qildi.

Uzum Market sotuvchilar uchun komissiyalarni pasaytirmoqda

Milliy marketpleys sotuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida 15 ta mahsulot guruhi uchun komissiya stavkalarini pasaytirdi.

IT Park University talabalari Ispaniyada amaliyot o‘tash borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Universitetning a’lochi talabalari may oyida Ispaniyada amaliyot o‘tadi. Ular o‘z tajribalari haqida so‘zlab berdi, shuningdek, bir qator trening hamda seminarlardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.