Toshkentning Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

6-mart kuni ta’mirlash ishlari sabab soat 10:30dan 15:00gacha Shayxontohur va Olmazor tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Olmazor tumani:

  • Aholi isteʼmolchilari soni: “Hastimom” MFYdagi 135 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 1 ta.

Shayxontohur tumani:

  • Aholi isteʼmolchilari soni: “Gulbozor” MFYdagi 80 ta yerli xonadon va 54 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 1 ta.

Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.