Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.

30-aprel kuni ta’mirlash ishlari sabab Yangihayot, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarining belgilangan hududlariga soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Xususan:

Yangihayot tumani: Chortoq MFY

  • Aholi iste’molchilari soni: 225 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 6 ta.

Yunusobod tumani: Minor MFY

  • Aholi iste’molchilari soni: 210 ta yerli xonadon
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 15 ta.

Shayxontohur tumani: Toshkenboyeva ko‘chasi

  • Aholi iste’molchilari soni: 3 ta ko‘p qavatli uy;
  • Mazkur hududdagi ulgurji iste’molchilar.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.