24−25-aprel kunlari Hayot Birja AJ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Hilton Tashkent City mehmonxonasida “Davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlar va islohotlar — 2025” xalqaro forumini o‘tkazdi.

Tadbir davlat organlari, biznes vakillari, ekspertlar hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida ochiq va konstruktiv muloqot uchun muhim platformaga aylandi.

hayot birja, reklama

Forumda 250 dan ortiq ishtirokchilar, shu jumladan, vazirlik va idoralar, davlat korxonalari, xususiy sektor, xalqaro taraqqiyot institutlari vakillari, shuningdek, xaridlar sohasidagi yetakchi xorijiy ekspertlar qatnashdilar.

Ikki kun davomida ishtirokchilar O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimini o‘zgartirishning asosiy jihatlarini muhokama qildilar, bunda shaffoflik, samaradorlik va raqobatbardoshlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yalpi majlislar va panel muhokamalarida ko‘tarilgan mavzular orasida quyidagilar bor edi:

  • xarid jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish;
  • qonunchilik bazasini takomillashtirish;
  • kichik va o‘rta biznes ishtirokini kengaytirish;
  • adolatli va ochiq raqobatni ta’minlash;
  • xalqaro standartlar va tajribani integratsiyalash.

hayot birja, reklama

Forumda ishtirok etgan xalqaro hamkorlar orasida quyidagilar bor edi:

  • Osiyo taraqqiyot banki;
  • Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki;
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki;
  • Jahon banki;
  • Islom taraqqiyot banki.

Xorijiy ekspertlarning ma’ruzalariga alohida e’tibor qaratildi, ular ilg‘or jahon tajribasi bilan o‘rtoqlashib, xaridlarni tartibga solishning zamonaviy trendlari haqida so‘zlab berdilar va O‘zbekistonda xaridlar tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

hayot birja, reklama

Shuningdek, Forum doirasida panel munozaralari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, , ma’ruzachilarga savollar berdilar hamda davlat xaridlari sohasidagi dolzarb vazifalarni hal qilishning amaliy yo‘llarini muhokama qildilar.

Hayot Birja AJ asosiy tashkilotchilardan biri sifatida xalqaro standartlarga javob beradigan samarali, shaffof va zamonaviy davlat xaridlari tizimini shakllantirish bo‘yicha tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu forumning o‘tkazilishi korxonaning O‘zbekiston Respublikasida ochiq va qulay xarid muhitini yaratish bo‘yicha maqsadlarini amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

hayot birja, reklama

Kompaniya forumning barcha ishtirokchilariga faol ishtiroki, mazmunli chiqishlari va konstruktiv takliflari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi. Ushbu tadbir xarid tizimini modernizatsiya qilish, davlat, biznes va jamiyat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash yo‘lida muhim bosqich bo‘ladi.

Telefon: (+998) 78−150−03−14.

Sayt: hayotbirja.uz

Reklama huquqlari asosida.