Click aksiyadorlik jamiyati 2025-yilning birinchi choragidagi natijalarini e’lon qildi. Barcha asosiy moliyaviy va operatsion ko‘rsatkichlar kengayayotgan foydalanuvchilar bazasi va mijozlar faolligining ortishi sharoitida barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Hisobot davri yakuni bo‘yicha, 2024-yilning mazkur davri bilan taqqoslaganda:

  • kompaniyaning daromadi 30,8 foizga oshdi;
  • sof foyda 29,3 foizga oshdi;
  • kompaniya aktivlari 34,37 foizga oshdi;
  • xususiy kapital 2024-yil 31-dekabrga nisbatan 179,7 foizga oshdi.

Platforma foydalanuvchilarining umumiy soni 20 milliondan oshdi. Bu degani, O‘zbekistonning balog‘atga yetgan aholisining 10 nafardan 9 nafari Click’dan foydalanadi. Click SuperApp’ga aylangandan beri 26 ta yangi mini-ilova ishga tushirildi. Bu esa ilovani nafaqat to‘lov, balki foydalanuvchi kunlik vazifalarini hal qiluvchi, keng yo‘nalishlarni qamrab oluvchi platformaga aylantirmoqda. Mini-ilovalar soni har hafta ortib bormoqda.

Click onlayn tranzatsiyalar soni bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolmoqda. Click’ning ushbu bozordagi ulushi 2024-yilda Humo milliy to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan barcha tranzatsiyalarning 33 foizini tashkil etdi.

Identifikatsiyalangan foydalanuvchilar soni 5 milliondan oshdi. Eng faol auditoriya 36 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar (20%), ikkinchi o‘rinda 24−29 yosh (18,9%) va 19−23 yosh (18,05%). 17−18 yoshdagi foydalanuvchilar auditoriyaning 7,5 foizini, 65 yoshdan oshganlar esa 1,7 foizni tashkil qiladi. Gender taqsimoti deyarli teng: foydalanuvchilarning 57,6 foizi erkaklar, 42,4 foizi ayollar.

click, reklama

Ijtimoiy va ekologik tashabbuslar

Kompaniya barqaror rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda davom etmoqda. “Inson uchun” xayriya maydonchasi doirasida yil davomida 10,179 milliard so‘m mablag‘ to‘planib, 281 nafar bolaga yordam ko‘rsatildi. Foydalanuvchilar faolligi Ramazon oyida ancha oshdi — bu yil xayriyalar hajmi bo‘yicha rekord qayd etildi. Shu davrda yangi “Ramazon” bo‘limi ishga tushirildi, uning doirasida kambag‘al oilalar reyestridagi 327 dan ortiq ehtiyojmand oilaga yordam berildi.

Birinchi chorakda Click barcha foydalanuvchilarga Yashil Meros ekologik platformasini ochdi. Loyiha doirasida foydalanuvchilar SuperApp’da har kungi ekologik aksiyalar uchun ekoballarni oladi, so‘ngra ular yordamida Toshkent shahri va respublikaning boshqa hududlarida ko‘chat ekadi. Loyiha ishga tushirilgandan beri platforma ishtirokchilari soni besh baravar oshdi. Loyihaning maqsadi ekologik vaziyatni yaxshilash va kelajak avlodlar uchun barqaror muhit yaratish.

Click, shuningdek, ichki auditoriya, ya’ni kompaniya xodimlariga qaratilgan ijtimoiy mas’uliyat dasturlarini ishlab chiqmoqda. Xodimlar soni 2024-yilning birinchi choragiga nisbatan 360 nafardan 511 nafargacha o‘sdi. Kompaniya gender muvozanatini izchil rivojlantirmoqda — texnologiya sohalarida ayollar ulushi 13,6 foizga yetdi va barqaror o‘sib bormoqda. Shu bilan birga, yosh iqtidor egalari bilan ishlash faollashtirilmoqda — birinchi chorakda 20 nafar mutaxassis, birinchi navbatda, IT sohasida amaliyot o‘tadi. Bozor muammolariga javoban, Click raqamli xizmatlarni hamma uchun ochiq qilishga qaratilgan super ilovaga aylanib, o‘z missiyasini yangiladi va moslashuvchanlik, barqarorlik va mijozlar e’tiborini oshirish uchun korporativ qadriyatlarini qayta ko‘rib chiqdi.

Kompaniya fintex ekotizimini kengaytirish va mijozlar tajribasi sifati ustida muntazam ish olib borish orqali bozordagi o‘z o‘rnini yanada mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

Reklama huquqlari asosida.