12−14-may kunlari sun’iy intellekt yordamida real masalalarni yechishga tayyor bo‘lganlar uchun Nukusda AI Hackathon bo‘lib o‘tadi.

Unda dasturchilar, dizaynerlar, IT-entuziastlar ishtirok etishlari mumkin.

Xakaton quyidagi mavzular bo‘lib o‘tadi:

  • tibbiyot;
  • qishloq xo‘jaligi;
  • energetika.

Unda 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar 3−5 kishidan iborat kamoaviy tarkibda ishtirok etishi mumkin.

Xakaton 12−14-may kunlaro Nukus shahridagi UZINFOCOM ofisida (IT Park, 3-qavat) bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar havola orqali 10-maygacha ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

G‘oliblarni pul mukofotlari, eng so‘nggi texnologiyalar, mentorlarning qo‘llab-quvvatlashi va ko‘nikmalarni kuchli rivojlanishi kutmoqda.


Avvalroq Spot Singapore-Jinan innovatsion startaplar tanloviga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Tanlov g‘oliblari $400 minggacha moliyaviy yordam olishlari mumkin bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tish 15-maygacha davom etadi.