SpaceX asoschisi Ilon Mask Marsga ko‘chishni insoniyat uchun “hayot kafolati” deb ta’rifladi. Bu haqda Mask Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Mars — bu jamoaviy hayot uchun hayot sug‘urtasi. Oxir-oqibat, Yerdagi barcha tirik mavjudot Quyosh tomonidan yo‘q qilinadi. Quyosh asta-sekin kengayib bormoqda, shu bois ma’lum bir paytda biz haqiqatan ham ko‘p sayyorali sivilizatsiyaga aylanishimiz zarur, chunki Yer yonib ketadi”, — dedi Mask.
Maskning qo‘shimcha qilishicha, odamlar 2029-yildayoq Marsga qo‘nishga muvaffaq bo‘lishi mumkin.
Fox News ekspertlarga tayangan holda xabar berishicha, Quyosh yana 5 mlrd yil mavjud bo‘ladi. Shu bilan birga, Maskning fikricha, insoniyat hozirdanoq o‘z kelajagi haqida o‘ylay boshlashi kerak.
Mart oyi oxirida The Wall Street Journal gazetasi manbalarga tayanib, Ilon Mask NASA dasturlari va moliyalashtirishini qayta ko‘rib chiqish ustida ishlayotgani haqida xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, milliarder agentlik mablag‘larini Marsga parvoz uchun ishlanmalar yaratishga yo‘naltirmoqchi ekan.
Avvalroq Ilon Mask Marsga sun’iy intellektga ega robotlarni yubormoqchi ekanligi haqida ma’lum qilgandi.
Maskning ta’kidlashicha, Marsga sayohat 26 oyda bir marta amalga oshirilishi mumkin va keyingi parvoz 2026-yil noyabr oyida rejalashtirilgan.