Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

9-may (juma) — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi. 10-may (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun esa ish kunidir. Shuningdek, 11-may (yakshanba) — dam olish kuni.

Mazkur kunlar davomida quyidagi banklar tomonidan ayrim valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:

Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.

Avvalroq birinchi chorakda O‘zbekiston banklari qancha foyda ko‘rgani haqida xabar berilgandi. Eng ko‘p foyda olgan bank 467,9 mlrd so‘m bilan O‘zmilliybank bo‘ldi, top-3 talikka O‘zsanoatqurilishbank hamda Hamkorbank kirdi. Bu davrni 6 ta moliya tashkiloti zarar bilan yakunlagan.