Uzum Bank O‘zbekiston bozori uchun yangi fintex-mahsulot — to‘lovlar uchun yagona QR-kodni sinovdan o‘tkazmoqda. Foydalanuvchilar do‘kondagi xaridlar uchun karta bilan yoki nasiyaga bir zumda to‘lov qilishlari mumkin. Tadbirkorlar esa sotuvlarni oshirishlari, mablag‘larni boshqarishlari hamda tovar va xizmatlar uchun shu kunning o‘zida pul olishlari mumkin. Test jarayoniga 200 dan ortiq sotuvchi qo‘shilgan, tez kunda QR-kod butun mamlakat bo‘ylab amal qilishni boshlaydi.
To‘lov qilish uchun foydalanuvchi shunchaki do‘konda QR-kodni skanerlashi hamda o‘zi uchun qulay usulni: kartadagi shaxsiy mablag‘lar orqali to‘lovni yoki yangilanuvchi limitdan nasiyaga to‘lovni tanlashi mumkin. 25 mln so‘mgacha limitni Uzum Bank ilovasida bir necha klik orqali rasmiylashtirish mumkin. Nasiya dastlabki to‘lovsiz 12 oygacha muddatga beriladi, uni muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyati ham mavjud.
Tadbirkorlar tayyor yechimni savdo jarayoniga joriy etishi va xaridlar uchun darhol to‘lov olishni boshlashi mumkin. Sotuvchining shaxsiy kabinetida sotuvlar va to‘lovlarni boshqarish qulay. Uzum ekotizimining servislari bilan integratsiya va qo‘shimcha reklama imkoniyatlari evaziga biznes ko‘proq mijozlarni jalb etishi va sotuvlarni oshirishi mumkin. O‘rtacha qiymatda nasiyaga to‘lov usulini ulash xaridlar hajmini 30% ga, o‘rtacha chek qiymatini esa bir yarim baravarga oshirishga yordam beradi.
“Uzum ekotizimi servislaridan O‘zbekiston bo‘ylab 15 mlndan ortiq aholi foydalanadi. Fintex-vositalarning ommabopligi shiddat bilan o‘sib bormoqda: o‘tgan bir yil ichida Uzum Bank ilovasidagi onlayn-to‘lovlar miqdori ikki baravar oshgan, hamkorlar soni esa uchdan bir qismga ortgan. Biz uchun foydalanuvchilarning ham, tadbirkorlarning ham hayotini soddalashtiradigan texnologik infratuzilma yaratish juda muhim. Mijozlar xaridlar uchun hech qanday vositachilarsiz karta bilan yoki nasiyaga tez va hamyonbop to‘lov qilishlari mumkin. Biznes ham barcha to‘lovlarning birma-bir kiritilishini kutib o‘tirishiga hojat qolmaydi — to‘liq summa xarid kunida hisobga kelib tushadi. Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xaridlar uchun Uzum karta orqali to‘lov qabul qilishda yechiladigan komissiyadan voz kechganmiz”, — deya izoh berdi Uzum Fintech bosh direktori Yegor Abramets.
Reklama huquqlari asosida.