Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) Moliya yo‘nalishida biznes boshqaruvi (MBA) va Kreativ sanoatlarni boshqarish bo‘yicha magistratura dasturlariga qabulni e’lon qiladi. Ushbu dasturlar Vestminster Universiteti (Buyuk Britaniya) tomonidan akkreditatsiya qilingan bo‘lib, mintaqa uchun muhim yo‘nalishlar — moliya va kreativ iqtisodiyot sohalarida yetakchi mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Moliya yo‘nalishida MBA dasturi
MBA (Master of Business Administration) — bu dunyo bo‘ylab ish beruvchilar tomonidan tan olingan, obro‘li va xalqaro e’tirofga ega ta’lim darajasi bo‘lib, keng professional tarmoqlarga kirish imkonini beradi. Moliya yo‘nalishida biznes boshqaruvi bo‘yicha magistratura dasturi (MBA in Finance) xalqaro moliyaviy tahlil va risklarni boshqarish metodlarini Markaziy Osiyo bozorlaridagi amaliy bilimlar bilan uyg‘unlashtiradi. Bu orqali bitiruvchilar mahalliy va xalqaro bozorlarda ishonch bilan qaror qabul qilishlari mumkin. Dastur korporativ moliya yo‘nalishida rahbarlik lavozimlarini egallash, shaxsiy biznes boshlash, shuningdek sarmoya strategiyalarini ishlab chiqishni maqsad qilgan ambitsiyali mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining yuqoriligi, xorijiy sarmoyalarning kirib kelishi va bank-moliya hamda fintex sektori rivojlanishi sharoitida xalqaro tajribaga ega, mahalliy bozorni chuqur tushunadigan moliyachilarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Ushbu dastur bitiruvchilari moliyaviy tahlilchi va maslahatchilar, risk va korporativ moliya bo‘yicha rahbarlar, sarmoya yoki loyiha moliyachilari, moliyaviy biznes hamkorlari hamda davlat moliya tashabbuslari bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yurita oladilar.
Kreativ sanoatlarni boshqarish bo‘yicha magistratura
Kreativ sanoatlar — bu madaniyat va san’at, innovatsiya, media va marketing sohalarida mahsulotlar yaratish va tijoratlashtirishga asoslangan iqtisodiyot sektori bo‘lib, kreativ iqtisodiyot shakllanishiga xizmat qiladi. Ushbu sohaning asosi — insonlarning g‘oyalari, bilimlari va ijodiy salohiyatidir.
O‘zbekistonda kreativ sanoatlar iqtisodiyoti faol rivojlanmoqda — TXVUning Kreativ sanoatlarni boshqarish bo‘yicha magistratura dasturi (MA in Creative Industries Management) Markaziy Osiyoda ushbu yo‘nalishda ilk bor ishga tushirilgan bo‘lib, kreativ sanoatlar va madaniyat sohasida yetakchilar, tadbirkorlar va siyosiy arboblarni tayyorlashga qaratilgan. Kurs madaniyat va san’at, innovatsiya, OAV, media va marketing sohalaridagi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
Ushbu dastur kreativ iqtisodiyot, madaniyat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha milliy ustuvorliklar doirasida ishlab chiqilgan. Mazkur dasturni rivojlantirishga universitet hamkorlari, xususan, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi katta hissa qo‘shdi. O‘zbekistonda yangi chora-tadbirlar joriy qilinib, infrastrukturani mustahkamlash va mamlakatning xalqaro obro‘sini oshirish ishlari davom etmoqda. 2024-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasidan so‘ng, ijodiy salohiyatni haqiqiy iqtisodiy natijalarga aylantira oladigan mutaxassislarga talab yanada kuchaydi.
O‘qish davomida talabalarda strategik fikrlash va innovatsion tadbirkorlik ko‘nikmalari shakllanadi, madaniyat boshqaruvi asoslari va kreativ iqtisodiyot tamoyillari o‘rgatiladi. Bitiruvchilar xalqaro miqyosdagi yirik festival va tadbirlar prodyuserlari, madaniyat, san’at va innovatsiya yo‘nalishidagi dastur va tashabbuslar rahbarlari, kreativ biznes bo‘yicha maslahatchilar, davlat va xalqaro tashkilotlarda kreativ iqtisodiyot bo‘yicha maslahatchilar, shuningdek, media strateglar va xususiy hamda notijorat sektorida loyiha rahbarlari sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
Nima uchun TXVU magistraturasini tanlashadi:
- xalqaro diplom — bitiruvchilar Vestminster universitetining butun dunyoda tan olingan britan magistr darajasini qo‘lga kiritadilar;
- moslashuvchan ta’lim jadvali — darslar kechki payt (
18:30—21:30 ) o‘tkaziladi, bu esa ta’limni ish bilan birga olib borish imkonini beradi; - amaliyotchi ekspertlar — global tajribaga ega o‘qituvchilar;
- malaka oshirish imkoniyatlari — O‘zbekistonning yetakchi kompaniya va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik;
- netvorking — 25 dan ortiq mamlakatlardan kelgan talabalar, bitiruvchilar va o‘qituvchilar bilan muloqot qilish imkoniyati.
TXVUdagi boshqa magistrlik dasturlari:
- xalqaro biznes boshqaruvi — MA in International Business Management (with pathways);
- amaliy iqtisodiyot — MSc in Applied Economics;
- jamoat salomatligi — MSc in Public Health Science;
- inson resurslarini boshqarish va iste’dodlarni rivojlantirish — MA in Human Resource Management and Talent Development;
- xalqaro tijorat huquqi — LLM in International Commercial Law;
- pedagogika — MA in Teaching and Learning (with TESOL and ESP pathways);
- biznes tahlili — MSc in Business Intelligence and Analytics;
- ijtimoiy fanlar uchun tadqiqot usullari — MSc in Research Methods for Social Sciences.
Har bir dastur tanlangan sohada bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish, ularni amalda qo‘llash va karyerada tezroq o‘sish imkonini beradi.
TXVU magistratura dasturlari haqida to‘liq ma’lumot havolada.
Hujjat topshirish tartibi
Hujjatlarni 19-avgustga qadar quyidagi saytda topshirish mumkin. Ta’lim bo‘yicha barcha savollar hamda murojaatlar E-mail yoki telefon orqali qabul qilinadi:
Telefon: (+998) 71−238−74−60.
Sayt: wiut.uz
Facebook: fb.com/wiut.uz
Instagram: @wiutuni
Telegram: t.me/wiut_official_telegram
LinkedIn: linkedin.com/school/wiut-uni-uz
Youtube: @westminsterinternationaluni
Reklama huquqlari asosida.