E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.
Markaziy bankning 12-may holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 880,35 so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 7-may kuni belgilangan 12 910,15 so‘m qiymatga nisbatan 29 so‘m 80 tiyinga pasaydi.
12-may kuni sotish kursi Ziraat Bank Uzbekistan, Infinbank, KDB Bank Uzbekistan, Mikrokreditbank, Universalbank, Biznesni rivojlantirish banki, Turonbank, va Ipotekabankda 12 940 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 935 so‘mdan 12 885 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12 900 so‘mdan 12 820 so‘mgacha yetdi.
Avvalroq Spot aprel oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida yozgandi.
16-aprel kuni Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 14 so‘mga oshib, 13 000 so‘mlik ko‘rsatkichga yaqinlashdi.
Dekabr oyida “Spot” tahlilchilar bilan 2024-yilda so‘mning qadrsizlanishi sabablari, milliy valyuta mustahkamlanishidagi risklar va 2025-yilda almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar haqida suhbatlashdi.
Ekspertlar joriy yil yakuni bo‘yicha dollar kursi 13 340−14 ming so‘m oralig‘ida shakllanishini kutmoqda. Milliy valyuta oltinning sotilishi va o‘sishiga, jalb qilinadigan xorijiy kreditlar va investitsiyalarga, Markaziy bank siyosatiga, transchegaraviy o‘tkazmalar hajmiga, import oshishiga hamda global iqtisodiyot holatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
2024-yilda so‘mning real samarali almashuv kursi (REER) 5,9% ga mustahkamlandi. Markaziy bank joriy yilning ikkinchi yarmida almashuv kursi o‘rta muddatli trend darajasiga qaytishini kutmoqda.