12-may kuni Amerikaning IT gigantlari Google va Amazon ko‘p yillar davomida birinchi marta o‘z logotiplarini qayta loyihalashtirganini e’lon qildi.
Yangi Google logotipi
Google logotipi 10 yil ichida birinchi marta qayta dizayn qilindi — oldingi logotip 2015 yildan beri o‘zgarmay kelayotgan edi.
Kompaniya hammaga tanish bo‘lgan “G” harfini saqlab qoldi, ammo endi firma ranglari chegarasiz ko‘rinishga ega bo‘ldi. Qizil, sariq, yashil va ko‘k ranglar endi yagona gradientga birlashtirildi, bu esa logotipni yanada silliqroq qildi.
iOS va Pixel telefonlaridagi Google ilovasining yangilanishi logotipning qizil, sariq, yashil va ko‘k ranglarini gradiyent tarzda uyg‘unlashtirgan yangi logotipni namoyish etmoqda.
Yangi Google logotipini iPhone uchun mo‘ljallangan shu nomdagi mobil ilovada ko‘rish mumkin. Kelajakda u kompaniyaning boshqa xizmatlariga ham joriy etiladi.
Chapda eski, o‘ngda esa yangilangan logotip. Foto: Google
Yangi Amazon logotipi
Amerika onlayn savdo marketpleysi 20 yildan so‘ng ilk bor o‘z logotipini yangiladi. Tabassum-ko‘rsatkich kengroq bo‘ldi, shrift esa go‘yoki “zamonaviyroq va do‘stonaroq” ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Identifikatsiya Koto studiyasi tomonidan kompaniyaning ichki jamoasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Amazon vakillarining aytishicha, yangi logotipni ishlab chiqish jarayoni 1 yil-u 6 oy davom etgan.
Rebrending doirasida ko‘plab logotiplar uchun yagona shrift — Amazon Logo Sans ishlab chiqildi. U Amazon Smile, Amazon Cash, Amazon Echo va Amazon Jobs nomlarida ishlatiladi.
Chapda eski, o‘ngda esa yangi logotip. Foto: Amazon
2023-yilda Pepsi 15 yil ichida birinchi marta logotipini o‘zgartirgan edi. Yangi logotip Shimoliy Amerika va Kanadada shu yil kuzida, jahon bozorida esa 2024-yildan boshlab qo‘llanila boshlanishi ma’lum qilingandi.