E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.


Markaziy bankning 15-may holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 980,16 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 13-may kuni belgilangan 12 935,27 so‘m qiymatga nisbatan 44 so‘m 89 tiyinga pasaydi.

15-may kuni sotish kursi Infinbank’da 13 045 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 13 040 so‘mdan 12 990 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12 970 so‘mdan 12 910 so‘mgacha yetdi.


Avvalroq Spot aprel oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida yozgandi.

Dekabr oyida “Spot” tahlilchilar bilan 2024-yilda so‘mning qadrsizlanishi sabablari, milliy valyuta mustahkamlanishidagi risklar va 2025-yilda almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar haqida suhbatlashdi.

Ekspertlar joriy yil yakuni bo‘yicha dollar kursi 13 340−14 ming so‘m oralig‘ida shakllanishini kutmoqda. Milliy valyuta oltinning sotilishi va o‘sishiga, jalb qilinadigan xorijiy kreditlar va investitsiyalarga, Markaziy bank siyosatiga, transchegaraviy o‘tkazmalar hajmiga, import oshishiga hamda global iqtisodiyot holatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

2024-yilda so‘mning real samarali almashuv kursi (REER) 5,9% ga mustahkamlandi. Markaziy bank joriy yilning ikkinchi yarmida almashuv kursi o‘rta muddatli trend darajasiga qaytishini kutmoqda.