O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 965,34 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 14 so‘m 82 tiyinga pasaydi.

15-may kuni tijorat banklarida dollar kursi 13 045 so‘mgacha belgilandi. Aksariyat banklarda sotish kursi 13 045−12 990 so‘mni, xarid narxi esa 12 970−12 910 so‘mni tashkil etmoqda

Avvalroq Spot aprel oyida O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida yozgandi.

Dekabr oyida Spot tahlilchilar bilan 2024-yilda so‘mning qadrsizlanishi sabablari, milliy valyuta mustahkamlanishidagi risklar va 2025-yilda almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar haqida suhbatlashdi.

Ekspertlar joriy yil yakuni bo‘yicha dollar kursi 13 340−14 ming so‘m oralig‘ida shakllanishini kutmoqda. Milliy valyuta oltinning sotilishi va o‘sishiga, jalb qilinadigan xorijiy kreditlar va investitsiyalarga, Markaziy bank siyosatiga, transchegaraviy o‘tkazmalar hajmiga, import oshishiga hamda global iqtisodiyot holatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

2024-yilda so‘mning real samarali almashuv kursi (REER) 5,9% ga mustahkamlandi. Markaziy bank joriy yilning ikkinchi yarmida almashuv kursi o‘rta muddatli trend darajasiga qaytishini kutmoqda.