28−29-may kunlari IT Park va GBTP hamkorligida rezident kompaniyalar uchun bepul trening bo‘lib o‘tadi.

Trening IT Park va Gyeonbuk Technopark (GBTP) hamkorligida, KOICA (Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi) ko‘magida tashkil etilmoqda.

Unda IT Park rezident kompaniyalari, startaplar va yangi ish boshlayotgan tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin.

Mazkur trening koreyalik ekspertlar ishtirokida o‘tkazilib, ishtirokchilarga o‘z bizneslarini yanada rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtirish hamda xalqaro tajriba bilan tanishish imkonini beradi. Trening davomida ma’ruza shaklidagi mashg‘ulotlar va murabbiylik sessiyalari tashkil etiladi.

Trening dasturiga quyidagi mavzular kiritilgan:

  • o‘zbek startaplarining o‘zgaruvchan muhitga moslashish strategiyalari;
  • Koreya dasturiy ta’minot muhandislarini baholash tizimini O‘zbekistonda qo‘llashning afzalliklari;
  • startaplardan korporativ savol-javoblargacha: AQSh IT-tadbirkorligi misolida;
  • raqamli iste’dodlarni va kelajakdagi ish kompetensiyalarini rivojlantirish: O‘zbekiston yoshlari uchun karyera xaritasi.

Trening 28−29-may kunlari soat 14:00dan 19:00gacha o‘tkaziladi. Maksimal ishtirokchilar soni 40 kishini tashkil qiladi (har bir kompaniyada 2 kishigacha).

Ishtirok etishni xohlovchilar o‘z arizalarini 23-maygacha havola orqali yuborishlari mumkin.

Trening tili koreyscha (rus tiliga sinxron tarjima mavjud) bo‘lib, har bir ishtirokchida o‘z noutbukini olib kelishi talab etiladi.


Avvalroq Spot President Tech Award tanloviga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Umumiy sovrin jamg‘armasi $1 mlnni tashkil qiluvchi tanlovda ishtirok etish bepul bo‘lib, arizalarni asosiy hamda maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha topshirish mumkin.