E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.
Markaziy bankning 20-may holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 858,15 so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 16-may kuni belgilangan 12 917,10 so‘m qiymatga nisbatan 58 so‘m 95 tiyinga pasaydi.
20-may kuni sotish kursi Infinbank, KDB Bank Uzbekiston, Orient Finans bank, Mikrokreditbank, Turonbank, Ipotekabank, Ziraat Bank Uzbekistanda 12 920 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 910 so‘mdan 12 860 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12 840 so‘mdan 12 790 so‘mgacha yetdi.
Avvalroq Spot aprel oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida yozgandi.
Dekabr oyida “Spot” tahlilchilar bilan 2024-yilda so‘mning qadrsizlanishi sabablari, milliy valyuta mustahkamlanishidagi risklar va 2025-yilda almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar haqida suhbatlashdi.
Ekspertlar joriy yil yakuni bo‘yicha dollar kursi 13 340−14 ming so‘m oralig‘ida shakllanishini kutmoqda. Milliy valyuta oltinning sotilishi va o‘sishiga, jalb qilinadigan xorijiy kreditlar va investitsiyalarga, Markaziy bank siyosatiga, transchegaraviy o‘tkazmalar hajmiga, import oshishiga hamda global iqtisodiyot holatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
2024-yilda so‘mning real samarali almashuv kursi (REER) 5,9% ga mustahkamlandi. Markaziy bank joriy yilning ikkinchi yarmida almashuv kursi o‘rta muddatli trend darajasiga qaytishini kutmoqda.