Fransiya rasmiylari Telegram asoschisi Pavel Durovning “investitsiya fondlari bilan muzokaralar o‘tkazish” uchun AQShga borish haqidagi iltimosini rad etdi.
Parij prokuraturasining Politico nashriga ma’lum qilishicha, ular o‘z qarorini 12-may kuni “chet elga bunday safar qat’iy yoki asosli emasligi asosida” chiqargan.
Durov 2024-yil 24-avgust kuni Pavel Durov Fransiya politsiyasi tomonidan Parij aeroportida qo‘lga olindi. Parij prokuraturasi unga nisbatan noqonuniy tranzaksiya uchun onlayn platforma yaratish, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish kabi ayblovlarni qo‘ydi.
Prokuraturaning ma’lum qilishicha, unga ruxsatsiz Fransiyani tark etish taqiqlangan, biroq u 15-martdan 7-aprelgacha Dubayga borish uchun maxsus ruxsat olgan. Rossiyada tug‘ilgan Durov, jumladan, Fransiya va BAA fuqarosi hisoblanadi.
Fransiyadagi Durovning advokatlari Politiconing izoh so‘roviga darhol javob bermadi. Shuningdek, nashr uning AQShdagi vakilidan izoh so‘radi. Hibsga olinganidan keyin Durov fransuz hukumatiga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘la boshladi.
Yakshanba kuni saylovchilar Ruminiyada o‘tkazilayotgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ovoz berish uchun saylov uchastkalariga yo‘l olganida, Durov Fransiya hukumati, jumladan Fransiya tashqi razvedka xizmati rahbari Nikolya Lerner, undan ovoz berishdan oldin Telegramda konservativ fikrlarni bildirish imkoniyatini cheklashni so‘raganini ma’lum qildi.
Durovning Parijda qo‘lga olinishi
2024-yil 24-avgust kuni Pavel Durov Fransiya politsiyasi tomonidan Parij aeroportida qo‘lga olindi. Parij prokuraturasi unga nisbatan noqonuniy tranzaksiya uchun onlayn platforma yaratish, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish kabi ayblovlarni qo‘ydi.
“Telegram” jamoasi Durovning hibsga olinishiga izoh berib, messenjer Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga amal qilishini hamda uning moderatsiyasi sanoat standartlariga javob berishini qayd etdi.
Avgust oyi oxirida Parij sudi tadbirkorni garov evaziga ozod etdi. Durov sud nazoratiga olinib, unga Fransiyani tark etish taqiqlandi. “Telegram” asoschisi, shuningdek, 5 mln yevro miqdorida garov puli to‘lashi va haftasiga ikki marta politsiyaga kelishi kerak.
6-sentabr kuni Durov birinchi marta hibsga olinishi bo‘yicha izoh berib, u boshqarayotgan platformada uchinchi shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarda ayblanishini xato yondashuv deya qayd etdi.