Toshkentning beshta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.
21-may kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Olmazor, Chilonzor, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Xususan:
Olmazor tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Qizg‘aldoq” MFY
- Aholi xonadonlar soni: 235 ta yerli xonadonlar;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 2 ta.
Chilonzor tumani (10:00 dan 16:00 gacha): “Katta Olmazor” MFY
- Aholi xonadonlar soni: 12 ta ko‘p qavatli uylar;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 5 ta.
Shayxontohur tumani (10:00 dan 16:00 gacha): Navoiy ko‘chasi
- Aholi iste’molchilar soni: 8 ta ko‘p qavatli uylar;
Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Mevazor” MFY
- Aholi iste’molchilar soni: 483 ta;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 11 ta.
Sergeli tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Nomdanak” MFY
- Aholi xonadonlari soni: 510 ta yerli xonadon;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 7 ta
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.