Farg‘ona viloyatida 4,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan metan “zapravka” aniqlandi.
O‘zenergoinspeksiya Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qilish organlari va ta’minot korxonasi bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda F.P. S MChJga qarashli Farg‘ona tumani, Novkent shaharchasida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Xususan, shoxobchada gaz iste’moli hajmini o‘zgartirish maqsadida o‘lchov tizimidagi patrubka ichki qismiga davlat standarti talablariga zid tashqi ta’sir ko‘rsatilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga asosan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 4 mlrd 193 mln so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Spot Navoiyda “zapravka” 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani haqida yozgandi.
Xususan, shoxobchada gaz sarfini o‘lchash qurilmasiga noma’lum jism joylashtirilib, hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi ma’lum bo‘ldi.