Toshkentning beshta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.
22-may kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Mirzo Ulug‘bek, Bektemir, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Xususan:
Mirzo Ulug‘bek tumani (12:00 dan 18:00 gacha): “Gulirayxon” ko‘chasi
- Aholi xonadonlar soni: 30 ta yerli xonadonlar, 6 ta ko‘p qavatli uylar.
Bektemir tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Iyk Ota” MFY
- Aholi xonadonlar soni: 255 ta yerli xonadonlar;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 2 ta.
Olmazor tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Xastimom” MFY
- Aholi iste’molchilar soni: 135 ta;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 3 ta.
Shayxontohur tumani (10:30 dan 18:00 gacha): “Gulbozor” MFY
- Aholi iste’molchilar soni: 80 ta yerli xonadon, 54 ta ko‘p qavatli u;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 13 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.