Aprel oyida O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi hajmi oshdi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
O‘tgan oyda $98,54 mlnlik 5111 ta yengil avtomobil olib kelinib, ko‘rsatkich 2024-yilning aprel oyiga nisbatan qiymat jihatidan 1,14 barobar, miqdor jihatidan esa 1,31 barobar oshgan.
Bir oyda jami 1654 ta benzinda harakatlanuvchi yengil avtomobil import qilindi, uning hajmi 1,43 baravarga kamaygan. Pul ko‘rinishida import $55,7 mlndan $36,24 mlngacha (kamayish — 1,53 baravar) qisqardi. Xorijiy avtomobillarning o‘rtacha narxi $21,91 minggacha (QQS va bojxona to‘lovlarisiz) pasaydi.
O‘z navbatida, elektrda harakatlanuvchi yengil avtomobillar importi 6,79 barobar — 470 donadan 3193 tagacha oshgan. Qiymat jihatidan ko‘rsatkich 6,88 baravarga — $57,08 mlngacha oshdi, elektromobilning o‘rtacha narxi esa deyarli o‘zgarishsiz ($17,87 ming) qoldi.
O‘tgan oyda 235 dona benzin va elektrda harakatlanuvchi yengil avtomobil yetkazib berildi. Import hajmi miqdor jihatidan 4,37 barabarga pasaydi. Gibrid avtomobillar importining umumiy qiymati 78% ga kamayib, $4,62 mlnni tashkil etdi. O‘rtacha narxi esa $21,17 mingdan $19,67 minggacha tushdi.
Aprelga kelib, O‘zbekiston dizel dvigatelli yengil avtomobil importini amalga oshirdi — 29 dona. Uning qiymati $586,1 mingni tashkil etdi.
Oy yakuni bilan IYD avtomobillarining importdagi ulushi 61,1% dan 32,38% ga, gibrid avtomobillar ulushi 26,4% dan 4,5% ga kamaydi. Elektromobillarning yetkazib berishdagi ulushi esa 12,08% dan 62,4% gacha oshdi.
Bundan tashqari, to‘rt oyda mamlakatga avtomobillar importi 2,17 barobarga — 14 068 tagacha, yetkazib berish qiymati esa 2,68 barobarga — $213,55 mlngacha kamaydi. Chet el avtomobillarini olib kirish tarkibi: benzinli avtomobillar (kamayish — 2,95 baravar), elektromobillar (o‘sish — 3,54%) va gibridlar (kamayish — 9,96).
Markaziy bank so‘nggi vaqtlarda elektromobillar importining tartibga solinishi va qat’iylashtirilishi import hajmining sezilarli kamayishiga olib kelayotganini qayd etdi.