O‘zbekistonliklar Germaniyaga tibbiyot sohasida ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Agentlik va Germaniyaning RecruitMed GmbH & Co. KG kompaniyasi bilan hamkorlikda tajribali tibbiyot xodimlarini ishga jalb qiladi.

Nomzodlar sudlanmagan, sog‘lom, tibbiyot kolleji (3 yillik) yoki oliy ta’lim (bakalavr) diplomi va bir yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.

Hozirda 50 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, qabul qilinganlarga 2800 yevro (uy ijarasi va ovqatlanish o’z hisobidan) miqdorida oylik ish haqi beriladi.

Migratsiya agentligining qayd etishicha, malaka tan olingandan so‘ng oylik maoshi 3300 yevroni tashkil qiladi.

Qabul qilinganlarga til kurslari, vizaga ariza topshirish va ishga joylashishda, aviachipta vа transfer, yashash joyini topishda, Germaniyada malaka tasdig‘i olishda imtiyoz beriladi.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Batafsil ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun +998551025332, Surxondaryo viloyati uchun +998762224522 raqamlaridan olish mumkin.