AQSh prezidenti Donald Tramp shu haftaning o‘zidayoq Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.
Yangi cheklovlar bank sanksiyalarini o‘z ichiga olmasligi ma’lum bo‘lib, hukumat vakillari Moskvaga bosim o‘tkazishning boshqa usullarini muhokama qilmoqda.
Bundan tashqari, Tramp o‘z sa’y-harakatlari natija bermasa, Ukraina mojarosini hal qilish jarayonidan chiqib ketishi mumkinligini ham aytdi.
“Agar AQSh tinchlik jarayonidan chekinsa, nima bo‘lishi va Tramp Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlashda davom etishi aniq emas”, — deyiladi xabarda.
Tramp mojaroni tez va qat’iy hal etishga intilmoqda, u muzokaralar yo‘li bilan tinchlik kelishuviga erishish istagini aniq namoyon etdi.
Shuningdek, Tramp ilgari Rossiyaning Ukrainadagi harakatlaridan norozi ekanligini bildirgan edi. Moskva Rossiya hududiga uchuvchisiz uchish apparatlari bilan doimiy hujumlar uyushtirilishiga javoban Ukrainaning harbiy infratuzilmasiga aniq va keng ko‘lamli zarbalar berdi.
Biroq Tramp Moskvaning bu harakatlarini ma’qullamadi va sanksiyalar kiritish imkoniyati haqida gapira boshladi.
Avvalroq Spot AQSh Rossiyadan neft va gaz sotib oluvchi mamlakatlar uchun 500%lik import boji joriy qilmoqchi ekanligi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, AQSh Senatining 100 nafar a’zosidan 72 tasi Rossiyadan neft va neft mahsulotlari, tabiiy gaz yoki uranni sotib oluvchi mamlakatlardan importga bojlar joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qullagan.