Xorazm viloyatida 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona fosh etildi.

O‘zenergoinspeksiya Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Unda Urganch shahrida T. Y. MChJga tegishli elektr qurilmalar hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 2 mlrd 207 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Avvalroq Spot Farg‘onada “zapravka” 4,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani haqida yozgandi. Xususan, shoxobchada gaz iste’moli hajmini o‘zgartirish maqsadida o‘lchov tizimidagi patrubka ichki qismiga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi ma’lum bo‘ldi.