Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.

28-may kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): Nomdanak, Izzatli va Keng Makon MFYlari

  • Aholi xonadonlar soni: 329 ta;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 11 ta.

Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 18:00 gacha): Darxon MFY

  • Ulgurji iste’molchilar soni: 12 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘radi.