7-iyun kuni O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligining Kongress zalida sun’iy intellekt bilan bog‘liq asosiy masalalarga bag‘ishlangan birinchi ochiq tadbir — AI Talks bo‘lib o‘tadi.
Tadbir tashkilotchilari — IT Park University, American University of Technology, EPAM va IT Park Uzbekistan. Ishtirokchilarni ma’ruza emas, balki har kim ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ochiq munozara kutmoqda.
Sun’iy intellekt: imkoniyatlarmi yoki qiyinchiliklar?
Sun’iy intellekt allaqachon odatiy turmush tarziga faol kirib bormoqda: mehnat bozori, ta’lim yondashuvlari va kundalik jarayonlarni o‘zgartirmoqda. Bugungi kunda nafaqat texnologik tendensiyalarni kuzatish, balki ularning jamiyatga, iqtisodiyotga va har bir insonga ta’sirini tushunish muhimdir.
AI Talks’da sun’iy intellektga qo‘rquv yoki hayrat prizmasi orqali emas, balki har kuni ushbu texnologiyalar bilan ishlaydiganlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat orqali qarash imkoniyati bor.
Muhokama uchun mavzular:
- “Sun'iy intellekt aslida nima?”;
- “SI mehnat bozori va ta’lim tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?”;
- “SIning jadal rivojlanishi jamiyatga qanday tahdid solmoqda?”;
- “SI agentlari qanday rol o‘ynaydi va ulardan qo‘rqish kerakmi?”
Tadbir spikerlari:
- Said Irando‘st, Ph.D. — American University of Technology rektori;
- Boxodir Ayupov — IT Park University rektori;
- Renat Axtyamov — EPAM Uzbekistan rahbari;
- Rajan Tripathi, PhD — AUT raqamli texnologiyalar maktabi assistent-professori.
“AI Talks — bu ma’ruza formati emas. Bahslashamiz, muhokama qilamiz, jalb qilamiz. Biz sun’iy intellekt allaqachon qanday ishlashini va u jamiyat oldiga qanday masalalarni qo‘yayotganini ko‘rsatmoqchimiz”, — deydi IT Park University rektori va tadbir g‘oyasi mualliflaridan biri Boxodir Ayupov.
AI Talks — bu har kim savol berishi, haqqoniy javob eshitishi va kelajak haqida o‘ylashi mumkin bo‘lgan makon.
SI allaqachon hayotning bir qismiga aylangan. U bilan qanday yashashni tushunish vaqti keldi.
Sana: 7-iyun, 10:00 dan 13:30 gacha.
Tadbir o‘tkaziladigan joy: Raqamli texnologiyalar vazirligining Kongress zali.
Ro‘yxatdan majburiy tarzda havola orqali o‘tish mumkin.
Telefon: (+998) 55−520−40−00.
Manzil: Mirzo Ulug‘bek t-ni, Mo‘minov ko‘chasi, 4-uy.
Reklama huquqlari asosida.