Farg‘onada fermer xo‘jaligi tomonidan katta miqdorda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

O‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbirlarida aniqlanishicha, Yozyovon tumani hududidagi A.A.F fermer xo‘jaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qo‘yib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘idan foydalanib kelingan.

Ushbu holat bo‘yicha qayta hisob-kitob qilinganda iste’molchi tomonidan 1 mlrd 845 mln sо‘mdan ortiq elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanilayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy baho berilishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborildi.


Avvalroq Spot Farg‘onada “zapravka” 4,1 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, shoxobchada gaz iste’moli hajmini o‘zgartirish maqsadida o‘lchov tizimidagi patrubka ichki qismiga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Xorazmda korxona 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida xabar berilgandi.

Urganch shahrida elektr qurilmalar hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.