WhatsApp messenjeri ishlab chiquvchilari telefon raqamlari o‘rniga foydalanuvchi ismlaridan foydalanish funksiyasini sinovdan o‘tkazishda davom etmoqda. Yangi tafsilotlar bilan WABetaInfo blogi bo‘lishdi.

iOS 25.17.10.70 beta-versiyasida foydalanuvchi nomini tanlash imkoniyati payqalgan bo‘lib, u TestFlight ilovasi orqali mavjud.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, foydalanuvchilar telefon raqami o‘rniga ko‘rsatish mumkin bo‘lgan foydalanuvchi nomini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu xavfsizlik maqsadida shaxsiy ma’lumotlarni yashirish imkonini beradi.

WABetaInfo ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchi nomini tanlashda bir nechta qoidalar mavjud. Bunda kamida bitta harfdan foydalanish shart, bunda 3 tadan 30 tagacha belgini ko‘rsatish, faqat lotin alifbosidagi kichik harflar, raqamlar, nuqtalar va chiziqchalardan foydalanish mumkin.

username, whatsapp

Agar o‘xshash foydalanuvchi nomi allaqachon band bo‘lsa, foydalanuvchi nomini ajratish uchun belgilardan foydalanish ta’qiqlanadi.

Foydalanuvchilar biror bir sayt bilan muloqot qilayotganlarini o‘ylamasliklari uchun foydalanuvchi nomini “www.” bilan boshlash va “.com” kabi domen bilan tugatish mumkin emas.


Avvalroq Spot WhatsApp’ning veb-versiyasi orqali qo‘ng‘iroq qilish funksiyasi qo‘shilishi haqida yozgandi.

Messenjer ilovasiga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar brauzerda messenjerni ochib, u yerda shaxsiy yoki guruhli qo‘ng‘iroqni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.