Qurbon hayiti bayramida ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati davom ettiriladi. Bunga Spot e’tibor qaratdi.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni etib 6-iyun (juma) belgilandi. Natijada fuqarolar joriy yilgi bayramda ketma-ket uch kun dam oladi.
7-iyun (shanba) kuni haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha, 5 kunliklar uchun esa odatiy dam olish kuni hisoblanadi. 8-iyun (yakshanba) — barcha uchun dam olish kuni.
Shu kunlar davomida quyidagi banklar valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatini ko‘rsatadi:
- Аgrobank;
- Аnorbank;
- Аpex bank;
- Аsakabank;
- Aloqabank;
- Asia Alliance bank;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Davrbank;
- Garant bank;
- Hamkorbank;
- InFinBank;
- Ipak Yo‘li banki;
- Ipoteka-bank;
- MKBank;
- Octobank;
- Orient Finans bank;
- Poytaxt bank;
- Sanoatqurilishbank;
- Tenge bank;
- Trastbank;
- Turon bank;
- Universalbank;
- Xalq banki;
- O‘zmilliybank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Qurbon hayiti kuni Toshkentda avtobus va metro harakati soat 03:00 dan boshlanadi. Shu kuni, 10:00 gacha ular yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Avvalroq Markaziy bank banklarni mijozlar bilan ishlashishda insofsiz amaliyotlarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgani haqida xabar berilgandi.