Mehmonlarning aksariyati uchun bu hudud, infratuzilma va tabiat qo‘ynidagi hayotning kelgusi konsepsiyasi bilan birinchi tanishuv bo‘ldi. Tashrif buyuruvchilarga Chinorkentdagi savdo ofisidan transport xizmati, kvartira va shalelarga sayohat, obodonlashtirilgan hududda sayr qilish, kutib olish maydonchalarida taomlarni tatib ko‘rish imkoniyatlari taqdim etildi. Bolalar uchun esa alohida maydonchada animatorlar ishtirokida ochiq havoda o‘yinlar tashkil qilindi.

reklama, ugam river

400 nafar oila yangi uylarining kalitlarini qo‘lga kiritdi

Kunning eng muhim voqeasi — 400 nafar oilaga yangi xonadonlar kalitlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yaqinda yangi uylarga ko‘chib o‘tadigan yangi uy egalarining birinchi to‘lqini hisoblanadi. Xonadon kalitlarini topshirish marosimi — qarsaklar, tabriklar-u, yangi uy egalarining kvartiralarini birinchi marta ko‘rayotgani hamda birinchi yashovchilarning samimiy his-tuyg‘ulari bilan o‘tdi.

reklama, ugam river

Ertalab soat 10 dan kechgacha majmua hududida tayyor namoyish xonalari bo‘ylab sayrlar, obodonlashtirilgan yo‘laklar bo‘ylab aylanishlar, loyiha jamoasi bilan uchrashuvlar hamda kelajakda yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgan xizmatlar namoyishi etildi. Shuningdek, mehmonlarga majmuani boshqarish qanday tashkil etilishi haqida ma’lumot berildi:

  • aholini kecha-kunduz qo‘llab-quvvatlash xizmati;
  • qo‘riqlash va kirish-chiqishni nazorat qilish;
  • servis xizmatlari (tozalash, ko‘kalamzorlashtirish, texnik xizmat ko‘rsatish);
  • yashovchilarning barcha kundalik vazifalari uchun mobil ilova.

reklama, ugam river

Bolalar maydonida turli tadbirlar, mahorat darslari o‘tkazilgan bo‘lsa, , markaziy maydonda mehmondorchilik zonasi shirinliklar bilan tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatdi. Kun davomida sotuv ofisidan majmuaga muntazam transport xizmati amalga oshirildi.

“Bugungi kunda 400 dan ortiq oila o‘z xonadonlarining kalitlarini qo‘lga kiritdi. Ko‘z o‘ngimizda jamoa shakllanayotganini ko‘ryapmiz: kimdir ko‘chib o‘tishga tayyorlanayotgan bo‘lsa, kimdir ijarani daromad manbai sifatida ko‘rmoqda. Xizmat ko‘rsatiladigan shahar tashqarisidagi uy-joylarga talab tobora ortib bormoqda, ayniqsa tabiat, infratuzilma va tayyor boshqaruv modeli uyg‘unlashgan joylarda. Investorlar uchun barcha jarayonlar shaffof hamda samarali bo‘lishi muhim — biz aynan shu yerda boshidanoq shunday tizimni shakllantiryapmiz”, — deb ta’kidladi Saf Group tijorat direktori Jahongir Narzullayev.

reklama, ugam river

“Xonadon egalari uchun hamma narsa oddiy va ishonchli bo‘lishi muhim: xonadon ijaraga topshirilgan, to‘lovlar kelib tushmoqda, hudud parvarish qilingan, yashovchilar mamnun. Ugam River loyihasida aynan shunday tizimni quryapmiz. Safe Estate boshqaruv kompaniyasi ijaradan tortib to‘lovlargacha, tozalashdan texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan barcha vazifalarni o‘z zimmasiga oladi. Hozirdanoq ichki ilovani ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz, u orqali aholi har qanday maishiy masalalarni hal qilishi mumkin bo‘ladi. Maqsadimiz nafaqat qulaylik yaratish, balki uni yillar davomida saqlab qolishdir”, — dedi Saf Group boshqaruv kompaniyasi direktori Azim Shakirov.

reklama, ugam river

Majmua qanday tuzilgan va nima uchun unga qiziqish ortib bormoqda?

Ugam River — Ugam daryosi bo‘yidagi 13,7 gk maydonni egallagan turar-joy va sayyohlik majmuasidir. Majmuada quyidagilar mavjud:

  • 17 ta blokda (8 ta binoda) joylashgan to‘liq ta’mirlangan va mebellar bilan jihozlangan 840 ta xonadon,
  • 400 o‘rinli restoran, fitnes markazi, SPA, yopiq va ochiq suzish havzalari,
  • futbol maydonlari, bolalar akvaparki, yerosti avtoturargoh va avtoyuvish shoxobchasi.

reklama, ugam river

Loyiha ekologik standartlarni inobatga olgan holda amalga oshirildi: hududda Ugom daryosi oqimidan foydalanuvchi o‘zining kichik GESi ishlab turibdi, chuqur suv filtrlash tizimlari o‘rnatilgan, shuningdek, suyultirilgan gazda ishlaydigan mustaqil isitish va sovutish tizimlari mavjud.

reklama, ugam river

Tashrif buyuruvchilarga hududning kelajakdagi rivoji haqida ham ma’lumot berildi: kelgusida bu yerda daryo ustidan o‘tuvchi 750 metr uzunlikdagi “zip-line”, balandligi 18 metr bo‘lgan skaladrom, arqonli shaharcha, tog‘ga qaratilgan ulkan arg‘imchoqlar, piknik zonalari va daryo bo‘ylab sayr qilish yo‘nalishlari paydo bo‘ladi — bularning barchasi hozirda loyihalashtirish va amalga oshirish bosqichida.

reklama, ugam river

Majmua shaxsiy yashash uchungina emas, balki investitsiya maqsadida ham mo‘ljallangan. Xususan, boshqaruv kompaniyasi ijaraga berish, joylashtirish, xizmat ko‘rsatish va mijozlarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini o‘z zimmasiga oladi. Hududning sayyohlik salohiyati tufayli apartamentlarga bo‘lgan talab barqaror saqlanib qolmoqda. Bundan tashqari, loyiha davlat rahbari e’tiborini tortdi: prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish jarayonidagi majmua bilan tanishib, uning ichki turizmni rivojlantirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.

reklama, ugam river

Ochiq eshiklar kechasi Saya Musa va Qoraqoom ijrosidagi yengil ziyofat va jonli musiqa bilan yakunlandi, norasmiy suhbat esa shahar tashqarisidagi sifatli makon g‘oyasini qo‘llab-quvvatlovchi bo‘lajak rezidentlar, hamkorlar va mehmonlar davrasida davom etdi.

Ugam River’dagi ochiq eshiklar kuni keng jamoatchilik uchun loyihani ichkaridan shaxsan ko‘rishning ilk imkoniyati bo‘ldi, 400 nafar oila uchun esa O‘zbekistondagi eng ulkan va nufuzli majmualardan birida yangi hayot boshlandi.

Telefon: (+998) 78−113−98−87.

Sayt: ugam.uz

Reklama huquqlari asosida.