E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Spot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.


O‘zbekiston banklarida ipotekaning ikki turi mavjud: davlat dasturi asosida beriladigan ipoteka va oddiy ipoteka. Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka faqat foydalanishga topshirilgan yangi qurilgan binolardagi kvartiralarga beriladi. Oddiy ipoteka esa birlamchi va ikkilamchi uy-joylarga ajratiladi.

Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka maqbulroq, chunki yillik foiz stavkalari 17−20% oralig‘ida bo‘lib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Biroq bunday kreditlarning miqdori cheklangan. Ikkinchi holatda esa kredit miqdori cheklanmagan, ammo foiz stavkasi ancha yuqori, chunki bunday kreditlar bankning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Bunda ba’zan imtiyozli davr ham beriladi va u ikki oydan ikki yilgacha davom etishi mumkin. Bu vaqt mobaynida qarzdor kredit bo‘yicha faqat foizni to‘lab turishi va qarzning asosiy qismini to‘lamasligi mumkin.

Davlat dasturi bo‘yicha ipotekada maksimal summa Toshkentdagi uylarga 420 mln so‘m berilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatdagilarga esa 330 mln so‘mni tashkil qiladi.

Ariza beruvchi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan shaxslar bo‘lishi mumkin. Kam ta’minlangan fuqarolarga dastlabki badalni qoplash uchun 32 mln so‘m miqdorida subsidiya ajratish ko‘zda tutilgan.

Ipotekani rasmiylashtirish

Bank bo‘limiga birinchi marta borishdan avval kamida oxirgi 6 oydagi daromadlar to‘g‘risida ma’lumot tayyorlash kerak. U bank xodimi bilan maslahatlashish vaqtida kredit qanday shartlar asosida ajratilishini aniqlash imkonini beradi.

Agar kreditni uzishga mablag‘ yetmaydigan bo‘lsa, hamkor jalb etish mumkin. Ariza beruvchi boshqa kredit bo‘yicha qarzdor bo‘lmasligi kerak.

Agar ipoteka shartlari qarz oluvchini qoniqtiradigan bo‘lsa, navbatdagi qadamga, ya’ni uy tanlash, uy quruvchi yoki mulk egasi bilan dastlabki shartnoma tuzish, mustaqil baholash o‘tkazish va boshqa hujjatlar to‘plashga o‘tish mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • ariza;
  • pasport yoki ID karta (arizachi va uning hamkoriniki);
  • daromad to‘g‘risidagi ma’lumot (arizachi va uning hamkoriniki);
  • uy-joy oldi-sotdi to‘g‘risidagi dastlabki shartnoma;
  • kadastr hujjatlari.

Kredit uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati bankning ichki siyosatiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.

Bank hujjatarni ko‘rib chiqib, arizani ma’qullagandan so‘ng qarzdor va bank o‘rtasida shartnoma tuziladi. Bu hujjat asosida uy xaridor nomiga rasman rasmiylashtiriladi, sug‘urta qilinadi va bankka garov rasmiylashtiriladi. Shundan keyingina quruvchi (yoki sotuvchining bank kartasiga) hisobiga pul o‘tkaziladi.

Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka

Ipoteka krediti stavkasi boshlang‘ich badal miqdoriga va tanlangan bankka bog‘liq. Agrobankda uy-joy qiymatining 15%i yoki 30%i to‘langanda foiz stavkasi 18%ni tashkil etadi. Aloqabank 30%dan yuqori bo‘lgan badal uchun 17,5% taklif qilmoqda. O‘zmilliybank va Hamkorbankda kamida 40% to‘lov amalga oshirilganda yillik foiz mos ravishda 17,5% va 17%ni tashkil etadi.

O‘zsanoatqurilishbank ko‘chmas mulk qiymatining yarmisi miqdoridagi dastlabki to‘lov sharti bilan eng past foiz stavkasini — 17% qilib belgilagan.

Bank
Foiz stavkasi

Agrobank

17,5%

Asia Alliance Bank

18%

Aloqabank

18%

Asakabank

18%

Biznesni rivojlantirish banki

17,5%

Ipotekabank

17,5%

Mikrokreditbank

18%

Xalq banki

17,5%

O‘zmilliybank

18%

Orient Finans bank

18%

O‘zsanoatqurilishbank

18%

Hamkorbank

18%

Pasaytirilgan stavkalar bilan ipoteka

Mart oyida prezident Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan hamkor tijorat banklari tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlari to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Ushbu dastur faqat birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun mavjud.

Kredit muddati 20 yilni tashkil etadi, ammo Turonbank’da ushbu dastur doirasida 10 yilga beriladi. Uy-joy sotib olish uchun ajratilадиган eng yuqori summa Toshkent shahrida 800 mln so‘mni, Qoraqalpog‘iston va boshqa hududlarda esa 500 mln so‘mgacha yetadi.

Barcha banklarda boshlang‘ich to‘lov uy-joy qiymatining 25%ini tashkil etadi, faqatgina Ipoteka bank’da bu ko‘rsatkich 26%ga teng.

Bank
Foiz stavkasi
Hamkorbank
20%
InfinBank
23,99%

Orient Finans Bank*

26,5%
Agrobank
20%
Asakabank
20%
Ipotekabank
19,5%
Xalq banki
20%
Turonbank
25%

*Boshlang‘ich to‘lov 40% bo‘lganda, stavka 24,5% ni tashkil etadi.

Oddiy ipoteka

Oddiy ipoteka kreditlari 17 ta bank tomonidan beriladi. Foiz stavkalari 23%dan 31%gacha, to‘lash muddati esa 5 yildan 20 yilgacha. Agrobank, Asia Alliance Bank, O‘zsanoatqurilishbank kabi banklarda 3 oydan 18 oygacha imtiyozli davrlar mavjud.

Boshlang‘ich to‘lov qanchalik ko‘p va kredit muddati qanchalik qisqa bo‘lsa, foiz stavkasi shunchalik past bo‘ladi.

Bank
Foiz stavkasi
Boshlang‘ich to‘lov

Muddati
Bozor
Agrobank
27%*
40%
15 yil
birlamchi/ikkilamchi
26%
25%
Asia Alliance Bank
29,99%
26%
12 yil
birlamchi/ikkilamchi
Aloqabank
26%
20%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
27%
15 yil
Biznesni rivojlantirish banki
24,90%
26%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
Davrbank
28,99%
20%
7 yil
ikkilamchi
Hamkorbank
27%
26%
10 yilgacha
birlamchi/ikkilamchi
InfinBank
23,99%
26%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
27,99%
28,99%
15 yil
Ipotekabank
25,99%
26%
20 yil
ikkilamchi
26,40%
20%
Ipak yo‘li banki
27%*
50%
5 yil
birlamchi/ikkilamchi
28%
40%
29%
25%
28%*
50%
7 yil
29%
40%
30%
25%
Poytaxtbank
28%
25%
5 yil
birlamchi/ikkilamchi
30%
7 yil
32%
10 yil
Saderat Bank
24%
-
7 yil
birlamchi/ikkilamchi
O‘zsanoatqurilishbank
26%
20%
7 yil
birlamchi/ikkilamchi
27%
20%
10 yil
28%
20%
15 yil
Tenge Bank
23,90%
50%
15 yil
birlamchi
24,90%
25%
24,60%
25%
10 yil
ikkilamchi
Turonbank
26%
25%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
Xalq banki
25%
26%
15 yil
birlamchi/ikkilamchi
24%
34%
Ziraat Bank Uzbekistan
25,5%
25%
5 yil
birlamchi/ikkilamchi
26%
7 yil
28%
10 yil
O‘zmilliybank
24%
40%
10 yil
birlamchi
26%
25%

* — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun stavka.