Termiz tumanida 433,6 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi.

O‘zenergoinspeksiya Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Unda Termiz tumanida joylashgan S. Y. fermer xo‘jaligiga qarashli suv chiqarish nasosi elektr hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 433,6 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Avvalroq Spot Farg‘onada fermer xo‘jaligi qariyb 2 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, Yozyovon tumanida fermer xo‘jaligi ikkilamchi kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qo‘yib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘idan foydalanib kelgan.