WhatsApp messenjeri dasturning Android versiyasiga yangi funksiya qo‘shdi. Bu haqda WABetaInfo xabar berdi.
U avtomatik yuklanadigan foto va videolar sifatini tanlash imkonini beradi. Foydalanuvchilar fayllarni standart sifatda yoki HD formatda yuklab olishlari mumkin.
Funksiyalarni messenjer sozlamalaridagi “Xotira va ma’lumotlar” bo‘limida topish mumkin.
Tanlovga qarab, WhatsApp foto va videolarning siqilgan versiyalarini yuklaydi yoki yuqori aniqlikdagi fayllarni yuklashni ta’minlaydi.
Yangilanish media fayllarni asl sifatda saqlashni afzal ko‘radigan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.
Yangi funksiyani amalga oshirish uchun messenjer ishlab chiquvchilari ikki marta yuklab olish mexanizmini qo‘llagan.
HD-fayllarni yuborishda WhatsApp ikkita versiyani yaratadi: standart va HD sifatli, shundan so‘ng ikkalasi ham serverlarga yuklanadi. Natijada, qabul qiluvchi faylning sozlamalarda tanlangan versiyasini oladi.
Avvalroq Spot WhatsApp’da foydalanuvchi nomlari paydo bo‘lishi haqida yozgandi.
Hozirda telefon raqami o‘rniga ko‘rsatish mumkin bo‘lgan foydalanuvchi nomini tanlash imkoniyati sinovdan o‘tkazilmoqda.