Threads shaxsiy xabarlarni sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqda bunday imkoniyat mavjud emas, hozircha foydalanuvchilar Instagramdagi yozishmalarga o‘tishlari kerak.

Sinovlar Gonkong, Tailand va Argentinada boshlanadi. Keyinchalik boshqa bozorlarga ham kirib boradi.

Guruh chatlari hozircha mavjud bo‘lmaydi. Ommaviy to‘liq formatli relizning aniq sanasi hali ma’lum emas, deb yozadi TechCrunch.

The Verge’ning ta’kidlashicha, shaxsiy xabarlar Threads’ning eng ko‘p so‘raladigan xususiyatlaridan biri hisoblanadi.

TechCrunch nashrining qo‘shimcha qilishicha, ba’zi foydalanuvchilarning Threads va Instagramda turli xil obunachilari bor, ba’zilari esa umuman Instagramdan foydalanmaydi.

Shu bilan birga, Meta* rahbari Mark Sukerbergning e’loniga tanqidlar ham mavjud.

Ayrim foydalanuvchilar notanish shaxslardan keladigan so‘ralmagan xabarlar oqimidan va “shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligiga zarar yetkazilishi"dan xavotirda.

Avvalroq Threads foydalanuvchilarga bog‘langan Instagram profilini o‘chirmasdan akkauntni o‘chirish imkonini berishi haqida xabar berilgandi.

“Threads"da hisobni o‘chirish uchun “Sozlamalar"ga o‘tish, “Hisob qaydnomasi” bo‘limini topish va “Profilni o‘chirish yoki faolsizlantirish” bandini bosish kerak. Barcha ma’lumotlar 30 kun ichida o‘chiriladi.

Bungacha tarmoq foydalanuvchilari akkauntini “Instagram” akkauntidan alohida o‘chirish imkoniyatiga ega emas edi.