9-sinfni tugatgandan so‘ng bitiruvchilar va ularning ota-onalari oldida muhim savol ko‘ndalang bo‘ladi: nufuzli universitetga kirish uchun qanday qilib samarali tayyorgarlik ko‘rish mumkin? Toshkent Metropolitan universiteti bu borada maktab va jahon darajasidagi oliy ta’lim o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydigan Pre-foundation High-level (PHL) dasturini taklif etadi.

Ambitsiyali talabalar uchun noyob ikki yillik dastur

PHL — 9-sinf bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan, sinchkovlik bilan ishlab chiqilgan ikki yillik dastur.

Asosiy maqsad — universitet ta’limiga muvaffaqiyatli o‘tishni ta’minlash va talabalarni xalqaro darajada akademik faoliyatga tayyorlash.

PHL dasturi ikki formatda taklif etadi:

  • Track 1 talabalarga maktab, litsey yoki kollejlarida kunning birinchi qismida ta’limni davom ettirib, kunning ikkinchi yarmida TMUdagi PHL mashg‘ulotlarida qatnashish imkonini beradi. Bunday formatning yillik to‘lovi 20 million so‘mni tashkil qiladi.
  • Track 2 esa talabalarni to‘liq TMUga o‘tkazib, bir vaqtda maktab dasturini va PHLni bir joyda o‘qitishni nazarda tutadi. Ushbu yo‘lda TMU yoshlarning yuqori sifatli ta’lim olishini ta’minlash uchun Tashkent Metropolitan School bilan hamkorlik qiladi. To‘liq o‘qishning yillik narxi 35 million so‘mni tashkil etadi.

Keng ko‘lamli akademik imkoniyatlar

PHL dasturida xalqaro bozor talabiga javob beruvchi to‘qqiz yo‘nalish mavjud:

  • xalqaro biznes;
  • menejment;
  • marketing;
  • buxgalteriya va moliya;
  • informatika;
  • ingliz tili;
  • boshlang‘ich ta’lim;
  • iqtisodiyot va huquq.

Bunday xilma-xillik har bir talabaga o‘z qiziqishlari va kelajakdagi rejalari asosida mutaxassislikni tanlashiga imkon beradi.

Xalqaro imtihonlarga tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratiladi. Universitet talabalarni IELTS va SAT imtihonlariga tayyorlaydi hamda o‘qishning ikkinchi yili davomida ushbu imtihonlarning bir martalik xarajatlarini qoplaydi.

IELTS bo‘yicha minimal maqsadli ball 6 va undan yuqori bo‘lib, bu dunyoning yetakchi universitetlariga kirish uchun eshiklarni ochadi.

Xalqaro tan olinish sari yo‘l

PHL dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar keng imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

Ular TMUning bakalavriat dasturlarida o‘qishni davom ettirishi yoki Angliya, AQSh, Avstraliya va Kanadadagi hamkor universitetlarga kirishi mumkin.

Shuningdek, O‘zbekistondagi nufuzli oliygohlar — Webster University, Westminster International University in Tashkent, Turin Polytechnic University va MDIS Tashkent — bilan hamkorlik mavjud.

Qabul talablari:

  • 9-sinfni muvaffaqiyatli tamomlash;
  • ingliz tilini o‘rtadan past bo‘lmagan darajada bilish;
  • kirish imtihonlarini topshirish.

“Ingliz tili” va “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishlari uchun faqat ingliz tili imtihoni talab etiladi, boshqa yo‘nalishlar uchun esa ingliz tili bilan birga matematika imtihoni ham o‘tkaziladi.

Arizalar qabul qilishning oxirgi muddati — 2025-yil 22-avgust. Bu har bir o‘quvchi 9-sinfni tugatgandan so‘ng o‘z xalqaro akademik karerasini Tashkent Metropolitan University bilan boshlashi uchun imkoniyat.

PHL dasturiga ariza onlayn shaklda topshiriladi.

Telefon: (+998) 71−200−01−23.

Sayt: www.tmuni.org
Telegram bot: t.me/tmunibot

Reklama huquqlari asosida.