Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.

12-iyun kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Sergeli, Mirobod va Olmazor tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Xususan:

Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): Daryo bo‘yi MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 658 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar: 5ta.

Olmazor tumani (10:30 dan 18:00 gacha): Jiydali MFY

  • Aholi iste’molchilar soni: 26 ta yerli xonadon, 16 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 12 ta.

Mirobod tumani (15:00 dan 17:00 gacha): Mehrjon markaziy ko‘chasi

  • Aholi xonadonlar soni: 2 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 10 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.