Instagram eng uzoq kutilgan funksiyalardan birini — profilda post joylarini almashtirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu haqda Rozetked nashri xabar berdi.

Foydalanuvchilar postlarni nashr qilinish vaqtiga emas, balki o‘zlari xohlagan tartibda qo‘lda joylashtirishlari munkin bo‘ladi.

Yangilik Instagram mualliflarni qo‘llab-quvvatlash uchun ishga tushirayotgan Anyway nomli tashabbusning bir qismi bo‘ladi. Uning maqsadi “mukammal kontent” atrofidagi bosimni olib tashlash va ijod zavqini qaytarishdir.

Postlar tartibini o‘zgartirish tortish orqali amalga oshiriladi — to‘rni sozlashni yoqish uchun profilni tahrirlash tugmasini bosish kifoya. Yangilanish yaqin haftalarda chiqadi.

Yana bir yangi xususiyat — foydalanuvchi Spotify’da tinglayotgan qo‘shiqlarini Instagram*da ulashish imkoniyati. Musiqa haqiqiy vaqt rejimida yangilanib boradi va foydalanuvchilar havola orqali o‘tib, qo‘shiqni eshitishlari mumkin.

instagram, joylashuv, postlar

Meta ikkala funksiyaning ham auditoriya istaklariga javob berishi va yanada moslashuvchan hamda jonli platforma tomon qo‘yilgan qadam ekanligini ta’kidlamoqda.


Avvalroq Spot Instagram Edits video muharririni ishga tushirgani haqida yozgandi.

Foydalanuvchilar ilovadagi ko‘plab funksiyalar orqali video tayyorlab, uni Instagram yoki Facebook’da ulashishlari mumkin.

Shuningdek, kamera va video tasmasi joylashgan bo‘limlar ham mavjud. Video tasmadagi roliklardan o‘z loyihalari uchun musiqa ko‘chirib olish mumkin.

Instagram’dagi xatcho‘plarga videolar qo‘shish va eslatmalar qoldirish mumkin. Yana bir bo‘limda ko‘rishlar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Hozirda barcha funksiyalar bepul. Ammo Instagram rahbari Adam Mosseri kelajakda pullik funksiyalar paydo bo‘lishi mumkinligini aytdi, deb yozadi TechCrunch.

Nashrning ta’kidlashicha, ByteDance (TikTok egasi) kompaniyasining CapCut video muharriridan farqli, Edits foydalanuvchilari suv belgilarisiz videolarni bepul eksport qilishlari mumkin.