OpenAI kompaniyasi ChatGPT’ga tasvirlar bo‘yicha qidiruv imkoniyatini qo‘shdi. Bu haqda kompaniyaa rasmiy saytida e’lon qilindi.

Shuningdek, chat-botning murakkab so‘rovlarni tushunish qobiliyati ham takomillashdi: u uzoq suhbatlarda kamroq takrorlaydi va ko‘rsatmalarga aniqroq rioya qiladi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ichki sinovlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, ChatGPT’ning yangi versiyasi foydalanuvchilarga oldingi versiyaga qaraganda ancha ko‘proq ma’qul kelmoqda.

Qidiruv natijalari bilan ishlash tamoyillari qayta ko‘rib chiqildi — endi tizim interfeys doirasida imkon qadar batafsil javob berishga intilmoqda.

Bu foydalanuvchilar uchun qulayroq, ammo OpenAI bilan kelishuv imzolamagan axborot vositalarining trafikini pasaytirishga olib keladi.

Kompaniya ma’lum qilishicha, ular allaqachon Associated Press, Financial Times, Reuters, Vox Media va boshqa yirik nashriyotlar bilan litsenziya shartnomalari imzolangan.

Ba’zi hollarda, ayniqsa oddiy so‘rovlarga javob berishda, ChatGPT javoblari haddan tashqari uzun va batafsil bo‘lib qoldi. OpenAI kompaniyasi tizim hali mukammal emasligini va javoblar foydalanuvchi tomonidan tekshirilishi zarurligini tan olmoqda.

Kompaniya aniqlik va qisqalik o‘rtasidagi muvozanatni yaxshilash maqsadida javob yaratish mexanizmini tezda takomillashtirish va’dasini berdi.


Avvalroq Spot Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga ChatGPT’dan foydalanish taqiqlangani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, mazkur chora-tadbirlar ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.