Oltin narxi yana o‘sib, o‘zining rekord ko‘rsatkichiga qaytmoqda.
Qayd etilishicha, Eron va Isroil o‘rtasidagi mojoralar fonida investorlar tomonidan oltinga xavfsiz aktiv sifatida talab ortmoqda.
15-iyun kuni qimmatbaho metall narxi troya unsiyasi uchun $3450ga chiqib, apreldagi rekordga yaqinlashdi va 1 gramm uchun narx $110 atrofida bo‘ldi.
Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $3413,5ni tashkil qildi.
16-iyun kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yana ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
1 gramm oltin 1 mln 445 ming 400 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 7 mln 227 ming so‘mdan sotilmoqda.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 7 mln 227 ming so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 14 mln 454 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 28 mln 909 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 72 mln 272 ming so‘m;
- 100 gramm oltin quyma narxi 144 mln 544 ming so‘mni tashkil qiladi.
Avvalroq O‘zbekiston may oyida oltin-valyuta zaxiralarini biroz oshirgani haqida yozgandi.
Markaziy bankning xalqaro aktivlari bir oyda $410,2 mlnga oshib, $49,66 mlrdni tashkil etdi. O‘sish valyuta zaxiralari hisobidan ta’minlangan.