Apple iPhone XS modelini eskirgan deb topdi, deya xabar bermoqda Kod Durova nashri.
2018-yil sentabrda ishlab chiqarilgan qurilma, sotuvdan to‘xtatilganiga besh yil to‘lganligi sababli, eskirgan deb e’tirof etildi. Bir necha yildan so‘ng iPhone XS ham eskirgan modellar ro‘yxatiga kiritiladi — o‘sha paytga kelib Apple ushbu modelga xizmat ko‘rsatishni butunlay to‘xtatadi.
iPhone XS eskirgan qurilmalar ro‘yxatiga kiritilishidan oldin, Apple do‘konlari va kompaniyaning vakolatli xizmat ko‘rsatish markazlarida asl ehtiyot qismlari mavjud bo‘lsa, uni rasmiy ravishda ta’mirlash imkoniyati saqlanib qoladi.
Mazkur model ishlab chiqarilganidan bir yil o‘tgach ishlab chiqarishdan to‘xtatildi — bu model iPhone X bilan taqqoslaganda unchalik katta yangilanish bo‘lmadi. Uning kengaytirilgan versiyasi iPhone XS Max esa o‘tgan yilning noyabr oyida eskirgan deb e’lon qilindi.
Avvalroq Apple iPhone 7 Plus va iPhone 8 modellarini eskirgan deb topgandi. Shuningdek, Apple iPad Air 2 va iPad mini 2 modellarini eskirgan qurilmalar ro‘yxatiga kiritdi.
Shuningdek, Apple iPhone 6S smartfoni va Mac mini kompyuterini eskirgan qurilmalar ro‘yxatiga kiritgandi.
Nashr mualliflari 6S 2015-yilda ishlab chiqarilganini, biroq 2018-yilgacha sotuvda qolganini ta’kidladilar. Shu bois, qurilma ishlab chiqarilganidan 10 yil o‘tgachgina uni eskirgan deb e’lon qilishdi.