Avvalroq Shavkat Mirziyoyev raisligida islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi.
Unda yil boshidan hududlarda budjetga tushum 26% ga o‘sgani qayd etildi. Lekin Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda o‘sish mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichga ham chiqmagan.
Yer, mol-mulk va suv soliqlari mahalliy budjetda qoldirilayotganiga qaramay, faqat shu soliqlarni uyma-uy yurib undirishga soliqchilarning 70−80% vaqti sarflanmoqda.
“Bu 1 so‘m soliq yig‘ish uchun 2 so‘m resurs sarflash bilan barobar emasmi?”, — dedi prezident.
Soliq qo‘mitasi rahbariyati, viloyat, tuman soliq rahbarlari televideniye, gazeta, ijtimoiy tarmoqlarda chiqib, soliq to‘lash majburiyat emas, konstitutsiyaviy burch ekanini tushuntirsa, soliqlarni odamlarni o‘zi to‘lashi ta’kidlandi.
Agar mahalladagi soliqchi bunga ketgan vaqtini soliq bazasini kengaytirishga sarflasa, tushum karra-karra oshishi qayd etildi.
Prezident mutasaddilarga mahallada yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmini ishlab chiqishni topshirdi.
Avvalroq biznes uchun bazaviy soliq stavkalari 2028-yilgacha o‘zgarmasligi haqida xabar berilgandi.