TikTok o‘zining Symphony Creative Studio platformasini yangilab, unga reklama beruvchilar uchun generativ sun’iy intellektning yangi vositalarini qo‘shdi.
Endi brendlar uchta yangi imkoniyatdan foydalanishlari — tasvirni “jonlantirish”, matnli so‘rov asosida video yaratish hamda “mahsulotni namoyish etish” mumkin.
Mahsulotlarni namoyish etish vositasi brendlarga o‘z mahsulotlarini raqamli avatarlar yordamida reklama qilish imkonini beradi.
Hozircha videodagi avatar harakatlarining uchta varianti mavjud: u mahsulotni qo‘lida ushlab turishi, kiyimni “kiyib ko‘rishi” yoki kompaniya ilovasi bo‘lgan telefonni ko‘rsatishi mumkin.
TikTok’ning aytishicha, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan barcha reklamalar maxsus belgi bilan tamg‘alanadi va bir necha bosqichli moderatsiyadan o‘tkaziladi. Symphony Pro obunasi oyiga $20 turadi.
The Verge nashrining yozishicha, ba’zi reklama beruvchilar hozircha sun’iy intellekt kontentiga “ehtiyotkorlik bilan” munosabatda bo‘lmoqda yoki undan foydalanmaslikka harakat qilmoqda. Ammo raqamli avatarlarning afzalliklari bor, deydi nashr: ular “tasvirga tushishdan” charchamaydi va pul so‘ramaydi.
Avvalroq Spot Tramp AQShda TikTok sotuvini yana kechiktirishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
Oxirgi uzaytirish 18-iyungacha belgilangan bo‘lib, Trampning yangi farmoni bilan muddat yana 75 kunga uzayishi kutilmoqda.